O?ZBEKISTON VA V'ETNAM O?RTASIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR O?RNATILGANIGA 28 YIL TO?LDI

17.01.2020 11:20

TOShKENT, 17 yanvar. /"Dunyo" AA/. 17 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi va V'etnam Sosialistik Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidentining 1996 yil mart oyida V'etnamga amalga oshirgan rasmiy tashrifi o‘zaro munosabatlardagi muhim voqea bo‘ldi. Shuningdek, so‘nggi yillarda yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar amalga oshirildi.

O‘zbekiston va V'etnam xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Janubi-Sharqiy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish to‘g‘risidagi Bangkok shartnomasining ishtirokchisi sifatida V'etnam O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish bo‘yicha muhim tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. 2019 yil yanvar-noyabr oylarida o‘zaro savdo hajmi qariyb 70 million dollarga etdi.

2000 yil savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya to‘g‘risidagi nizom qabul qilingan. Komissiyaning 7-yig‘ilishi 2018 yil iyul oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Madaniy-gumanitar sohada ham amaliy muloqot rivojlanib borayotganini ta'kidlash mumkin. 1995 yil dekabr oyidan boshlab mamlakatimizda "O‘zbekiston-V'etnam" do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda. V'etnamdagi do‘stlik tashkiloti yetakchilari 2006 va 2008 yillar O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

2010 yil sentyabr-oktyabr oylarida madaniy hamkorlik doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi T.Qo‘ziev boshchiligidagi delegasiya Xanoy shahrining 1000-yillik va V'etnam Sosialistik Respublikasi tashkil topganining 65-yillik tantanalarida qatnashgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida V'etnam tili va madaniyati markazi mavjud.

Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslari turli sohalarni qamrab oluvchi 20 ta hujjatdan iborat. Ular, jumladan savdo, investisiya, soliqqa tortish, havo qatnovi, fan, madaniyat, turizm, xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish, tabiiy boyliklarni rivojlantirish, sud va boshqa sohalarni qamrab olgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net