O?zbekiston va Turkmaniston rahbarlari telefon orqali muloqot chog?ida bo?lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibini muhokama qildilar

22.09.2022 00:57

TOSHKENT, 22-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning keng qamrovli kun tartibini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdilar. Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining sermahsul natijalari yuksak baholandi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston Prezidenti birodar Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovning suhbati har doimgidek samimiyat, ishonch va do‘stlik ruhida o‘tdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net