O'zbekiston va Qirg'iziston tashqi ishlar vazirlari Toshkentda bo'lib o'tgan ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo'yicha Bayonnomani imzoladilar

21.12.2023 03:50

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston va Qirg'iziston TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Jeenbek Kulubayev bugun siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo'yicha Bayonnomani imzoladilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan samarali muzokaralardan so'ng vazirliklarimiz o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo'yicha Bayonnomani imzoladik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Hujjatda o'zaro munosabatlarimizning ustuvor yo'nalishlari va kelgusi yilda erishiladigan aniq maqsadlar belgilab olingan. Ushbu hujjat yaqin hamkorligimizni yana-da kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz».

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net