O?zbekiston va Qirg?iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot chog?ida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish muhimligini qayd etdilar

06.12.2022 21:38

TOSHKENT, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Qirg‘iziston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston-Qirg‘iziston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yaqinda muhim ikki tomonlama hujjatlar – Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma va Andijon suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risida bitim imzolangani va ratifikatsiya qilingani amaliy hamkorlikning chuqurlashishiga, davlatlarimiz va butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari oshib bormoqda – yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetdi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot fondi o‘z faoliyatini boshladi, sanoat, energetika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlarda bir qator kooperatsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li va Qambarota gidroelektr stansiyasini qurish bo‘yicha yirik mintaqaviy loyihalarga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlat rahbarlari bo‘lajak muloqotlarning kun tartibini sifat jihatidan boyitish maqsadida savdo shartnomalari va investitsiya dasturlari portfelini kengaytirish muhimligini qayd etdilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net