O?zbekiston va Norvegiya o?rtasidagi Readmissiya to?g?risidagi bitim loyihasi bo?yicha muzokaralarning yakuniy raundi oktyabr oyida Osloda bo?lib o?tadi

01.10.2022 17:19

“Dunyo” AA/. Kecha Tashqi ishlar vazirligida Norvegiya elchisi  (qarorgohi Oslo shahrida) Jon Kvistad bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy hamda xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi Readmissiya to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarning yakuniy raundini o‘tkazish uchun mamlakatimiz delegatsiyasining oktyabr oyida Osloga tashrifini tashkil etish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini  joriy yilda Osloda o‘tkazish masalasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama kun tartibini yangi amaliy chora-tadbirlar bilan to‘ldirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net