O?ZBEKISTON-TOJIKISTON QO?SHMA DEMARKATSIYA KOMISSIYASINING BIRINCHI YIG?ILISHI

08.01.2020 10:55

TOShKENT, 8 yanvar. /“Dunyo” AA/. 2020-yilning 7-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga tayangan holda.

 

 

 

Muzokaralar chog‘ida strategik sherikchilik bilan mustahkamlangan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajada ekanligi qayd etildi.

 

 

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish uchun asos bo‘ladigan normativ-huquqiy va texnik hujjatlar tasdiqlandi. Shuningdek, 2020-yil uchun uchrashuvlar reja-jadvali kelishildi.

 

 

 

Muzokaralar konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi.

 

 

 

Tadbir yakuniga ko‘ra tegishli Bayonnomani imzolandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net