O'zbekiston TIV: «Yagona Xitoy» tamoyilini qat'iy qo'llab-quvvatlaymiz

15.01.2024 13:27

/"Dunyo" AA/. Tashqi ishlar vazirligi «Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati», deya rasmiy bayonot berdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«O'zbekiston tomoni Tayvanda bo'lib o'tgan saylovlar bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, - deyiladi TIV axborotida. – «Yagona Xitoy» tamoyilini qat'iy qo'llab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor ma'lum qilamiz.

O'zbekiston Respublikasi ikki sohil o'rtasidagi munosabatlarning tinch yo'l bilan rivojlanishining qat'iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo'lidagi barcha sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi».

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net