O?zbekiston TIV rahbarining o?rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Ashxobodda yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi

12.12.2022 13:10

TOSHKENT, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchiligidagi delegatsiya Turkmaniston hukumati tomonidan Ashxobod shahrida tashkil etilgan «Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida betaraflik do‘stlari guruhi»ning yuqori darajadagi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Eron tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ekspertlari qatnashdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov o‘z nutqida tadbir ishtirokchilariga mamlakat rahbariyatining tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari haqida maʼlumot berdi.

Joriy yilda qabul qilingan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalari, shuningdek, davlatimiz rahbarining yirik xalqaro forum va tadbirlarda ilgari surgan muhim tashabbuslari, jumladan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, davlatlarning transport-kommunikatsiya aloqalari rivojlantirish, iqtisodiyotlarning global inqirozning kuchayib borayotgan salbiy oqibatlariga moslashuvi borasidagi saʼy-harakatlar to‘g‘risidagi g‘oyalari alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasidagi saʼy-harakatlari, O‘zbekiston Prezidentining BMT shafeligida majburiyatlarni bajarish algoritmini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro muzokaralar guruhini tuzish haqidagi tashabbusini amalga oshirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, joriy yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusining asosiy mazmun-mohiyati, maqsad va ahamiyati tushuntirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net