O?zbekiston TIV rahbarining birinchi o?rinbosari Marokash tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o?tkazdi

24.11.2022 10:47

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov 23 noyabr kuni  Fes shahrida (Marokash) bo‘lib o‘tayotgan BMT Tamaddunlar ittifoqining to‘qqizinchi Global forumi doirasida Marokash tashqi ishlar vaziri Naser Burita bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, Naser Burita Fes shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Tamaddunlar ittifoqi Global forumida ishtirok etgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Hozirgi tovar ayirboshlash hajmi ikki davlatning mavjud salohiyatiga mos kelmasligi taʼkidlandi.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net