O?zbekiston TIV rahbari va Germaniya elchisi ikki mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi

13.01.2023 11:09

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Germaniya elchisi Tilo Klinner bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqot ijobiy surʼatlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama shakllarda rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston va Germaniya savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini diversifikatsiya qilish va qo‘shma korxonalar sonini ko‘paytirishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Madaniyat, taʼlim va fan sohalarida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligini kengaytirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

 “Dunyo” AA olgan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net