O?zbekiston TIV rahbari va Eron elchisi o?rtasidagi muzokaralarda transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi

18.01.2023 10:26

/Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Eron elchisi Hamid Nayrobodiy bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston-Eron munosabatlari so‘nggi yillarda mutlaqo yangi surʼatlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi (2022 yil sentyabr) davomida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Ikki tomonlama darajadagi va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi rejalashtirilgan muloqotlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston va Eronning pozitsiyalari yaqinligi qayd etildi.

Tomonlarning savdo-iqtisodiy yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga tayyorligi tasdiqlandi.

Transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net