O?zbekiston TIV rahbari Koreya Respublikasi elchisini qabul qildi

31.01.2023 10:00

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida O‘zbekiston TIV rahbari elchini oy taqvimiga ko‘ra Yangi yil (“Sollal”) bilan tabrikladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari misli ko‘rilmagan darajada alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

2023 yilda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Turli darajadagi bo‘lajak izchil qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net