O?zbekiston TIV rahbari BAA elchisini qabul qildi

18.01.2023 10:28

/Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Birlashgan Arab Amirliklari Said Matar Al-Qamziy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA hamkorligini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari, umumiy kun tartibini yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi hamda ikki tomonlama tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqotni, jumladan, vazirliklararo maslahatlashuvlar orqali muntazam davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net