O?ZBEKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI DELEGATSIYASINING ISROILDAGI UCHRASHUVLARI

21.02.2019 16:07

2019-yilning 18-20-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-Isroil siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundida ishtiroki doirasida Isroil Tashqi ishlar vaziri bosh direktori Yuval Rotem, Knesset deputatlari Robert Ilatov (“Israel Beyteynu” – “Isroil bizning uyimiz” partiyasi), Konstantin Razvozov (“Yesh Atid” – “Kelajak” partiyasi), Isroil turistik agentliklari va konsultantlari assotsiatsiyasi (ITTAA) bosh direktori Hanni Sobol, Eksport va xalqaro hamkorlik instituti raisi Adiv Barux, “Ashra” Isroil tashqi savdo tahdidlarini sug‘urtalash korporatsiyasi boshqaruv direktori Devid Kleyn, o‘z sohalarida raqobatbardosh ilg‘or texnologiyalarga ega yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda muayyan tarmoqlardagi hamkorlikning hamda rejalarni amaliyotga joriy qilishning istiqbollari muhokama qilindi.

 Isroil Savdo palatalari federatsiyasida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy salohiyati va investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida “davra stoli” o‘tkazildi.

 Tadbirda Isroil siyosatni shakllantiruvchi va ishbilarmon doiralarining, jumladan «Teva Pharmaceuticals», «Metzer», «Capri», «Watergen», «MER Group», «Synel MLL», «M.A.D.», «AgriGo», «LR Group» va boshqa kompaniyalarning atoqli vakillari ishtirok etdi.

 “Davra stoli” chog‘ida qator kompaniyalar tomonidan qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, zargarlik sanoati, quyosh energetikasi, kosmetika va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.

 O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida “Yad Vashem” Holokost tarixi memorial majmuasiga va Buxoro yahudiylari kongressiga ham bordi.

 Isroilga tashrif yakunida taniqli vatandoshlar va matbuot vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net