O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Yaponiya elchisi ikki tomonlama hamkorlikdagi ijobiy sur'atni yanada oshirish zarurligini ta'kidladilar

05.02.2024 03:25

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiya elchisi Takashi Xatorini qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida 2023-yil yakunlari ko'rib chiqildi hamda 2024-yilga mo'ljallangan rejalar muhokama qilindi. Tomonlar O'zbekiston-Yaponiya hamkorligidagi ijobiy sur'atni yanada oshirish, barcha darajadagi aloqalarni faollashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri muloqotni rivojlantirish zarurligini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, Takashi Xatori 2023-yil 12-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga o'zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net