O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Germaniya elchisi ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o'rtasidagi aloqalarni har tomonlama mustahkamlash tarafdori

13.02.2024 03:22

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Germaniya elchisi Tilo Klinnerni qabul qildi, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, vazir ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirishga ko'maklashish muhimligini ta'kidladi.

Uchrashuv kun tartibidan oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish, ishbilarmon doira vakillari o'rtasidagi aloqalarni har tomonlama mustahkamlash masalalari ham o'rin oldi.

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net