O?zbekiston tashqi ishlar vaziri o?rinbosari Maldiv ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

13.10.2022 18:19

“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Maldiv ichki ishlar vaziri Imron Abdulla bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda turli yo‘nalishlardagi O‘zbekiston-Maldiv hamkorligining bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, savdo, investitsiya va turizm, ayniqsa, “ziyorat turizmi” yo‘nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari borligi taʼkidlandi.

O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti, mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, aholi farovonligini oshirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida erishilayotgan natijalarga yuksak baho berildi.

Maldiv tomoni O‘zbekistonning huquqni muhofaza qilish, xorijdagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, o‘z fuqarolarini ziddiyatli hududlardan qaytarish, ularni reabilitatsiya va jamiyatga reintegratsiya qilish sohasidagi tajribasini to‘liq o‘rganish niyatida ekanligini maʼlum qildi.

Ikki tomonlama kun tartibining barcha yo‘nalishlarida aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net