“O?ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO IMIJINI MUSTAHKAMLASHNING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI TO?G?RISIDA

26.07.2019 11:26

TOSHKENT, 26 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining majlislar zalida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro imijini mustahkamlashning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 Tadbirda mamlakatimizning vazirlik va idoralari rahbarlari, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari, BMT, YXHT, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli ekspertlar, “Mitsubishi Corporation”, “Knauf Gips Bukhara”, “Ernest & Yang” va boshqa yirik kompaniyalar vakillari, shuningdek, milliy va xorijiy OAV muxbirlari ishtirok etdi.

 Tadbirni ochar ekan, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov xalqaro maydonda O‘zbekiston yuritayotgan ochiq siyosat, yaxshi qo‘shnichilik va har tomonlama hamkorlik keng qo‘llab-quvvatlanayotgani, bu esa Markaziy Osiyoda o‘zaro tushunish va bir birining manfaatlarini hurmat hurmat qilishga asoslangan mutlaqo yangi siyosiy ishonch muhitini yaratishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

 O‘zbekiston rahbariyati mamlakatning ijobiy tashqi imijini faol ravishda ilgari surish masalalariga ustuvor ahamiyat berish bo‘yicha o‘z vaqtida qaror qabul qildi. Bu nafaqat milliy manfaatlarimizni amalga oshirish, davlatning tashqi siyosiy tashabbuslarini ilgari surishga yordam beradigan omil sifatida, balki iqtisodiy rivojlanish, eksportni kengaytirish, xorijiy investitsiya jalb qilish va mamlakatimizga kelayotgan turistlar oqimini oshirish uchun zarur qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradigan mexanizm sifatida ham muhimdir.

 O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, bag‘rikengligi, mehmondo‘stligi, mamlakatning ulkan iqtisodiy, ma’daniy va insoniy salohiyati, ilm-fan, ta’lim va madaniyat rivojida o‘zbek mutafakkirlarining tutgan o‘rni O‘zbekistonning jozibali qiyofasini targ‘ib qilishning muhim tarkibiy qismi ekanligi ta’kidlandi.

 Davra suhbati ishtirokchilari ikkita seksiyaga bo‘lingan holda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar sharoitida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini targ‘ib qilishning samarali usullarini muhokama qildilar, mamlakatimizning imij siyosatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z baholari va tavsiyalarini berdilar.

 Ekspert va mutaxassislar tavsiyalari asosida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net