O?ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT, JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSLARIGA HAMDA O?ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO?G?RISIDAGI KODEKSIGA O?ZGARTISH VA QO?SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA

03.05.2019 16:58

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 6 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda

ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 2444-modda bilan to‘ldirilsin:

«2444-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, – uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;

b) shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;

g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, – uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, – besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) odamlar o‘limiga;

b) halokatga;

v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, – sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi»;

2) quyidagi mazmundagi 2481-modda bilan to‘ldirilsin

«2481-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, – uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

O‘sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;

b) mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;

g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, – uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, – besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) odamlar o‘limiga;

b) halokatga;

v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, – sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

3) 2601-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasidagi «shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish» degan so‘zlar «(bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 345-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi – beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135, 137-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164–166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi – to‘rtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 1861-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193–204-moddalarida, 213-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 214-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 216, 217, 222-moddalarida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243–2443-moddalarida, 2444-moddasi ikkinchi – to‘rtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi – to‘rtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi – to‘rtinchi qismlarida, 251–2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi – to‘rtinchi qismlarida, 256–258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida, 2787-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi»;

2) 3812-modda:

birinchi qismining:

1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1) ichki ishlar organlarining – Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 125, 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 1271-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 132-moddasida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185–1851-moddalarida, 1862-moddasi birinchi qismida, 213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227-moddasida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281–2293-moddalarida, 2444-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 2481-moddasi birinchi qismida, 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 2601-moddasi birinchi qismida, 261-moddasida, 262-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi qismida, 276-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2781–2786-moddalarida, 2787-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha»;

4-bandi «2443-moddasida» degan so‘zlardan keyin «2444-moddasi birinchi qismida» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 
2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 99-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik (bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilish ob’ektlari mustasno), – fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros ob’ektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arxitektura yechimlarini buzish, – fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ob’ektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, – fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish, – fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan o‘z hududiga tutash va tutash bo‘lmagan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish, – fuqarolarga eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning o‘ninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

2) 107-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha» degan so‘zlar «bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha» degan so‘zlar «bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 108-modda:

sanksiyasidagi «ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha» degan so‘zlar «ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

4) 1162-moddaning dispozitsiyasidagi «shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish» degan so‘zlar «(bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin»;

5) 135-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati (transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr bundan mustasno) yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) transport vositalarini boshqarish»;

6) 177-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«177-modda. O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish

belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan 
yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish

O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, – fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

7) quyidagi mazmundagi 1771 va 1772-moddalar bilan to‘ldirilsin

«1771-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish

Asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’ektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’ektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to‘g‘risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg‘on axborotni ko‘rsatish, – asarlarning va turdosh huquqlar ob’ektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – asarlarning va turdosh huquqlar ob’ektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

1772-modda. Ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlarni buzish

Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini o‘z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, – fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

8) 245-moddaning birinchi qismi «177» raqamidan keyin «1771, 1772» raqamlari bilan to‘ldirilsin;

9) 2682-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«2682-modda. Qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish

ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalari

Qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi»;

10) 271-moddaning 11-bandidagi «1761–1764, 177-moddalarida» degan so‘zlar «1761–1764-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 1771-moddasining birinchi qismida, 1772-moddasining birinchi qismida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

11) 291-modda birinchi qismining «a» bandidagi «131, 135, 
1351-moddalarida» degan so‘zlar «131, 135 (haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 1351-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

5-modda.Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 1, 2-moddalari, 3-moddasining 4-bandi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 3-moddasining 1, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11-bandlari mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net