O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGINING BAYONOTI

14.05.2019 15:00

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2019-yil 12-may kuni O‘mon ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoralaydi.

Bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi. Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarni oldini olish mas’uliaytini o‘z zimmasiga olishga chaqiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni ta’minlash va o‘z milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net