O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SANKT-PETERBURGGA KELDI

20.12.2019 13:29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi.

"Pulkovo" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

MDH mamlakatlari yetakchilari ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston Respublikasi raislik qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net