O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLARINI XALQ ISHONCHIGA SAZOVOR BO?LGANI BILAN TABRIKLADI

20.01.2020 15:11

TOSHKENT, 20 yanvar. /“Dunyo” AA/. Yangi tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

 

Davlatimiz rahbari Qonunchilik palatasi deputatlarini xalq ishonchiga sazovor bo‘lib, yuksak maqomga ega bo‘lgani bilan tabrikladi, deb xabar qildi Prezident Matbuot xizmati.

 

– Parlament va mahalliy kengashlarga o‘tkazilgan saylovlar O‘zbekistonimiz uchun katta siyosiy imtihon bo‘ldi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Xalqimiz bu sinovdan yorug‘ yuz bilan o‘tdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Saylovlar aholining siyosiy faolligini yuksaltirib, xalqimizning partiyalarga nisbatan ishonchi bilan birga talabchanligini ham kuchaytirgani ta’kidlandi.

 

– Saylovoldi tashviqotlarda siyosiy partiyalar tomonidan jamiyatimizdagi dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha ko‘plab va’dalar berildi. Xalqimiz ana shu va’dalarning amalda bajarilishini kutmoqda, – dedi Prezident.

 

Partiyalar fraksiyalari o‘zlarining istiqboldagi rejalarini aniq belgilab, ularni tizimli ravishda amalga oshirishiga ishonch bildirildi.

 

Davlatimiz rahbari saylov kampaniyasi davrida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini qayd etib, ularni tahlil qilish asosida saylov tizimini tashkiliy-huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

 

Yig‘ilishda hukumat a’zolari, markaziy idoralar rahbarlari, diplomatik korpus va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net