O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASIGA SAYLOVDA OVOZ BERISH DAVOM ETMOQDA - FOTOREPORTAJ

22.12.2019 14:02

TOSHKENT, 22 dekabr. /"Dunyo" AA/. Bugun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylovda ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

 

Butun respublika va O’zbekistonning diplomatik vakolatxonalarida 10 260 mingdan ortiq saylov uchastkasi faoliyat ko’rsatmoqda, ularda respublika fuqarolari mamlakat kelajagi uchun ovoz bermoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Eslatib o’tamiz, saylovni 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchi, shu jumladan, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi, YEXHT Parlament Assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TDHK), TDHK Parlament Assambleyasi, YETTB, Gaaga konferensiyasi vakillari monitoring qilmoqda.

 

Saylov jarayoni yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan yangilangan saylov qonunchiligi asosida olib borilmoqda.

 

Respublikada birinchi marta saylov jarayonini axborot texnologiyalari asosida boshqarish tizimi joriy etildi va saylovchilarning yagona elektron ro’yxati shakllantirildi.

 

Ovoz berish davom etmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net