O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI VA XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGASHLARGA SAYLOVDA OVOZ BERISH BOSHLANDI

22.12.2019 13:55

TOSHKENT, 22 dekabr. /"Dunyo" AA/. Bugun soat 8.00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlarga saylovda ovoz berish boshlandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

 

Mamlakatimiz va O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalarida  10 260 mingdan ortiq saylov uchastkasi ochilgan bo‘lib, ularda yurtdoshlarimiz o‘z demokratik tanlovini amalga oshirmoqda.

 

 

 

 

 

 

Saylovni 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchi, shu jumladan, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi, YeXHT Parlament Assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TDHK), TDHK Parlament Assambleyasi, YeTTB, Gaaga konferensiyasi vakillari monitoring qilmoqda.

Bu yilgi saylovda 20 million 600 mingga yaqin fuqaro qatnashishi kutilmoqda, shundan 2 milliondan ortig‘i birinchi marta ovoz beradi.

Saylov jarayoni yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan yangilangan saylov qonunchiligi asosida olib borilmoqda.

Respublikada birinchi marta saylov jarayonini axborot texnologiyalari asosida boshqarish tizimi joriy etildi va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirildi.

Ovoz berish davom etmoqda.

 

 

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net