O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI TASDIQLANDI

21.01.2020 14:04

TOShKENT, 21 yanvar. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi.

O‘z navbatida, davlatimiz rahbariga A.Aripov nomzodi saylovda 53 nafar deputatlik o‘rnini egallagan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgandi.

Abdulla Aripov qo‘shma majlisda Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net