O?ZBEKISTON – QUVAYT SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO?G?RISIDA

05.12.2018 11:54

2018-yilning 4-dekabr kuni Al-Quvayt shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Quvayt Davlati Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalarining uchinchi siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Maslahatlashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Quvayt delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon as-Said boshchilik qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Quvayt muloqotining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Quvayt ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, unga ko‘p qirrali tus berish uchun sezilarli salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi sohalar istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqildi.

Turli jabhalarda, jumladan O‘zbekistonning Quvaytdagi Elchixonasiga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomonning ham manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.

Suhbatda 2019-yil iyunda Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. Mazkur komissiya o‘zaro savdoni sezilarli darajada oshirishda, ikki mamalakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida aloqalarning faollashtirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi vazirliklararo maslahatlashuvlarda ishtirok etish doirasida Al-Quvayt shahrida Quvayt Moliya vaziri Naif Falah al-Hajraf, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (QAITF) bosh direktori Abdulvahab al-Badr bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro aloqalarni kengaytirishning aniq masalalari ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net