OʻZBEKISTON PREZIDENTINING TURKIYA PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI TOʻGʻRISIDA

01.01.2020 11:54

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-dekabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

2019-yil mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim boʻlgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga toʻla huquqli aʼzo sifatida kirishining tarixiy ahamiyati qayd etildi.

Turli darajadagi aloqalar sezilarli faollashdi, oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda, istiqbolli qoʻshma loyihalar amalga oshirilib, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Muloqotda Prezidentlar boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar siyosat, iqtisodiyot, transport kommunikatsiyalari, turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa yoʻnalishlardagi oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net