O?zbekiston Prezidentining Oliy Majlis va O?zbekiston xalqiga Murojaatnomasini qariyb 200 nafar xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari yoritmoqda

20.12.2022 09:34

 /“Dunyo” AA/. Bugun ertalab poytaxtimizdagi Kongresslar zalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasini yoritish uchun matbuot markazi ish boshladi, deb xabar bermoqda voqea joyidan “Dunyo” AA muxbiri.

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim voqeadir. 2017 yildan buyon anʼanaga aylangan ushbu tadbirda o‘tgan yilning asosiy yakunlari sarhisob qilinib, yangi yil uchun maqsad va vazifalar belgilab olinadi.

Matbuot markazi kompyuterlar, ish joylari telefonlar, yuqori tezlikdagi Internetga ulanish liniyasi bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz: ushbu Murojaatnomani "O‘zbekiston 24", “O‘zbekiston” (surdotarjima), “Yoshlar”, “Mahalla”, "Madaniyat va ma‘rifat", "O‘zbekiston tarixi", “Sevimli”, “Milliy”, "Zo‘r TV", “Toshkent”, "Dunyo bo‘ylab", "Mening yurtim" (s ruscha tarjimasi bilan), "Foreign Languages", “UzreportTV” (inglizcha tarjimasi bilan)  telekanallari orqali jonli efirda, shuningdek, Prezident Matbuot xizmatining YouTube va Facebook tarmoqlaridagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish mumkin.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net