O?ZBEKISTON PREZIDENTINING ODAM SAVDOSIGA VA MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA OID QO?SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO?G?RISIDAGI FARMONI IMZOLANDI

31.07.2019 15:04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Ahamiyatlisi, bu hujjat BMT Bosh Assambleyasining 2013 yildagi 68-sessiyasining qaroriga muvofiq e’lon qilingan sana - 30 iyul – Odam savdosiga qarshi kurashish kuni qabul qilindi.

 Aytish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha keng kщlamli ishlar amalga oshirildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha hamda jinoyatchilikka, shu jumladan, odam savdosiga qarshi kurashish kabi ustuvor yo‘nalish va majburiy mehnatni tag-tomiri bilan yo‘qotish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda.

 Odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularga tibbiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha samarali faoliyatlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

 Eng muhimi, bolalar mehnatiga barham berildi, qolaversa, qishloq xo‘jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

 Shuningdek, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash hamda xalqaro maydonda davlatimiz imijini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik ta’minlanmoqda.

 Bundan tashqari, Toshkent shahrida odam savdosi qurbonlariga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha zamonaviy reabilitatsiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. U yerga tibbiyot xodimlari, yuristlar, psixologlar kabi tor ixtisoslikdagi mutaxassislar va odam savdosi qurbonlarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchi boshqa mutaxassislar jalb qilingan. Shaxsning o‘ziga xos xislatlarini hisobga oladigan qurbonlarni reabilitatsiya qilish metodikasi ishlab chiqilgan. Markaz tomonidan 3000 dan ziyod odam savdosi qurbonlariga psixologik, yuridik, ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatildi.

 Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda 2013 yildan boshlab XMT metodologiyasi bo‘yicha va ushbu tashkilot ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish ustidan monitoring olib borilmoqda.

 XMT va Jahon banki tomonidan 2013-2018 yillarda o‘tkazilgan monitoringlar natijasida paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan ommaviy foydalanish holatlari aniqlanmadi.

 2015 yil sentyabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat huquqiy inspeksiyasining tezkor aloqasi va vazirlik veb-saytida “online-maslahatchi” faoliyat ko‘rsatmoqda.

 Shu bilan birga, Tezkor aloqa mexanizmi bo‘yicha axborot resursi ham tashkil etildi. Qonun hujjatlarida belgilangan, shu jumladan XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalaridan kelib chiqadigan fuqarolarning mehnat huquqlari va kafolatlarini ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan aholining xabardorligini oshirish mazkur axborot resursining maqsadi hisoblanadi.

 So‘nggi yillarda davlat rahbarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning o‘z vaqtida oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar majmuini tashkil etish orqali jinoyatni kamaytirishga doir topshirig‘iga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyatlarning, shu jumladan, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning erta oldini olishga qaratilgan tegishli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 Xususan, respublika aholisi, jumladan, yoshlar orasida olib borilgan tashviqot-targ‘ibоt ishlari, shuningdek ham respublika hududida, ham Markaziy Osiyo mintaqasida birgalikda tezkor-profilaktika tadbirlarini amalga oshirish natijasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar darajasini ancha pasaytirishga muvaffaq bo‘lindi.

 O‘z navbatida, jinoyat-huquq siyosatida preventiv faoliyatga tobora ko‘proq urg‘u berilmoqda: 

 – eng avvalo, jinoyatlar va huquqbuzarliklar oqibatlariga qarshi kurashish o‘rniga ularni sodir etishga ko‘maklashadigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda;

 – ichki ishlar organlarining bu sohadagi faoliyati jiddiy isloh qilindi;

 – jinoyat holati o‘zgarishini kriminologik prognoz qilishni, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatni metodologik jihatdan va maslahatlar bilan ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rildi;

 – 2018 yil oktyabrda Bosh prokuratura akademiyasi tuzilmasida bunday jinoyatlar sodir etish sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi tashkil etildi;

 – jinoyatlar namoyon bo‘lishi tahlil qilinmoqda, hozirda va istiqbolda qarshi kurashish strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

 Shu bilan birga, tahlilning ko‘rsatishicha, hozirgi vaqtda odam savdosiga samarali qarshi kurashish va majburiy mehnatdan foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan quyidagi bir qator salbiy omillar saqlanib qolmoqda:vakolatli organlarning tashabbuskorligi yetarli emasligi, yagona boshliq qo‘l ostida vakolatli organlarning yetarli darajadagi idoralararo hamkorligining yo‘qligi;

 mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida xolis va ishonarli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning uyg‘unlashtirilmaganligi;

 qonunchilik bazasining xalqaro standartlarga nomuvofiqligi, bu esa odam savdosiga va majburiy mehnatda daxldor shaxslarni samarali ta’qib qilish va jazolashga to‘sqinlik qilmoqda.

 Prezidentimizning mazkur Farmoni, eng avvalo, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishda, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini olg‘a surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq ishlab chiqildi.

 Farmonga binoan Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil etildi. Uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi yangilangan tarkibi ham tasdiqlandi.

 Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

 davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida ular faoliyati samaradorligini, mustahkam hamkorlik qilishlari va bahamjihat ishlashlarini ta’minlash maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

 milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish maqsadida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish.

 Shuningdek, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, taftish qilish, oldini olish va ularga chek qo‘yish amaliyotini o‘rganish nazarda tutilmoqda.

 Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida samarali xalqaro hamkorlik va bahamjihat harakatni tashkil etish, shuningdek, mazkur sohada axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ma’ruzalar tayyorlash ham Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

 armon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklanmoqda.

 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi, uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklandi. Milliy ma’ruzachi odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida mamlakatimiz va jahonda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida, ushbu jinoyat turiga daxldor shaxslarni taqdim qilish va jazolash hamda odam savdosi qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili ma’lumot taqdim etib turishi nazarda tutilmoqda.

 Shu bilan bir qatorda, mazkur sohada respublikamizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ishonchli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning diplomatik korpusi va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini jalb etgan holda ommaviy axborot vositalari uchun muntazam brifinglar tashkil etish nazarda tutilmoqda.

 Milliy ma’ruzachi odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamjamiyat bilan ushbu sohada ixtisoslashayotgan tashkilotlar va huquq himoyachilari bilan samarali hamkorlik va hamjihatlikni ta’minlaydi. Shuningdek, mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlari himoya qilish Milliy ma’ruzachining yana bir muhim vazifasidir.

 Ushbu Farmonga muvofiq odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

  

Odam savdosiga va majburiy mehnatga

qarshi kurashish milliy komissiyasi

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net