O?zbekiston Prezidenti XXR Raisini Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi bilan tabrikladi

01.10.2022 01:19

TOSHKENT, 1-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo‘lladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA  muxbiri.

Davlatimiz rahbari XXR yetakchisiga va do‘st Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.

«Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlangan, - deb yozgan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining telegram kanalida. - Yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga ko‘targani qayd etilgan».

 

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net