O?zbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga OHICHK sammitiga bag?ishlangan konsertni tomosha qildi

12.10.2022 18:50

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning Ostona sammitiga bag‘ishlangan konsertni tomosha qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tadbir avvalida yetakchilar samimiy muloqot qildilar.

«Ostona opera» teatrida bo‘lib o‘tgan konsertda qozoq milliy kuy-qo‘shiqlari, klassik simfoniyalar, opera va baletdan namunalar ijro etildi. Ularda ezgulik, do‘stlik, tinchlik kabi umumbashariy qadriyatlar o‘z ifodasini topdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net