O?zbekiston Prezidenti Vyetnam bilan o?zaro manfaatli hamkorlikni tubdan kengaytirish lozimligini taʼkidladi

13.10.2022 19:21

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ostona shahrida Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida Vyetnam delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vyetnam Prezidenti Nguyen Suan Fukning samimiy salomini yetkazdi.

Muzokaralar chog‘ida sholichilik, paxtachilik, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlari, avtomobillar uchun butlovchi qismlar va elektronika ishlab chiqarish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va investitsiya sherikligini kengaytirish maqsadida yaqin oylarda ekspertlar darajasida o‘zaro tashriflar o‘tkazilishi, Hukumatlararo komissiya faoliyati qayta tiklanishi hamda O‘zbekiston-Vyetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilishi yuzasidan kelishib olindi.

Parlamentlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, taʼlimga oid va boshqa qo‘shma gumanitar dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net