O?zbekiston Prezidenti Vengriyaga jo?nab ketdi

03.10.2022 01:38

TOSHKENT, 3 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun  rasmiy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo”  AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv hamda Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu muloqotlarda strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashiladi.

Prezidentimiz, shuningdek, Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net