O?zbekiston Prezidenti Vatan himoyachilariga davlat mukofotlari topshirdi

13.01.2023 11:01

 /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining 12 yanvardagi farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun Prezident Administratsiyasida ushbu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev barcha harbiy xizmatchilarni va soha faxriylarini mazkur shonli sana bilan tabrikladi.O‘zbekiston Prezidentining 12 yanvardagi farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari 

– Mamlakatning harbiy salohiyati zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan birga botir askar va ofitserlar bilan, ularning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligi bilan belgilanadi. Shu maʼnoda, milliy armiyamizning chinakam qudrati bu avvalo sizlar – o‘z hayotini Vatan himoyasidek muqaddas ishga bag‘ishlagan jonkuyar va fidoyi insonlardir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatimizda ixcham va tezkor, katta harbiy salohiyatga ega zamonaviy armiya barpo etildi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining yangi, munosib avlodi shakllandi. Prezidentimiz g‘oyasi asosida xalq bilan armiya bir tanu bir jon bo‘ldi. Harbiylik obro‘-eʼtiborli kasbga, yoshlar orzu qiladigan sohaga aylandi.

Davlatimiz rahbari bugungi qudratli armiyani barpo etishda ming-minglab fidoyi insonlarning ulkan xizmatlari borligini taʼkidladi.

– Barcha islohotlarimiz zamirida “insonni qadrlash” degan olijanob maqsad mujassam, – dedi Prezident. – Bu, eng avvalo, har bir fuqaroning oilasini, mahallasi tinchligini, yurt osoyishtaligini taʼminlash degani. Insonni qadrlash uchun birinchi navbatda osmonimiz musaffo, sarhadlarimiz daxlsiz, chegaralarimiz mustahkam bo‘lishi kerak. Bugun sizlar mana shunday vazifani sharaf bilan ado etmoqdasiz.

Marosimda davlatimiz rahbari harbiy unvon to‘g‘risidagi guvohnomalarni, orden va medallarni tantanali ravishda topshirdi. Vatan himoyachilariga mustahkam sog‘lik, azmu shijoat, masʼuliyatli xizmatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Bu yilgi tantanali tadbir yana jihati bilan esda qolarli bo‘ldi. Maʼlumki, Amir Temur bobomiz bironta jangda yengilmagan, Sohibqironning bayrog‘i hamisha baland hilpirab turgan. U bugungi avlodlar uchun qatʼiyat, harbiy mahorat, g‘urur va iftixor timsolidir.

Shu bois Prezidentimiz tashabbusi bilan armiya tizimida “Amir Temur jangovar bayrog‘i” mukofoti taʼsis etildi. Bu borada o‘tkazilgan tanlovda Markaziy harbiy okrug g‘olib bo‘ldi.

Marosimda ushbu okrug qo‘mondoniga ilk bor “Amir Temur jangovar bayrog‘i” tantanali ravishda topshirildi.

– Bu okrug o‘tgan qisqa davrda harbiy xizmatchilarni jismoniy va maʼnaviy tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy qismlarda o‘quv-moddiy bazani mustahkamlash bo‘yicha muhim natijalarga erishdi. Bu ijobiy tajribani chuqur o‘rganib, uni barcha qo‘shinlarga tatbiq etish zarur, deb hisoblayman. Shu bilan birga, barcha harbiy okruglarimizga Amir Temur bobomizning muzaffar bayrog‘iga sazovor bo‘lish baxtini tilayman, – dedi Oliy Bosh Qo‘mondon.

Mukofotlanganlar nomidan so‘zga chiqqanlar yuksak ishonch va eʼtibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net