O?zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri Ostona shahrida Transafg?on temir yo?li loyihasini ilgari surish masalasini ko?rib chiqdilar

13.10.2022 19:16

“Dunyo” AA/. OHICHK sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq, ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.

Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish maqsadida «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net