O?ZBEKISTON PREZIDENTI “TURKIY DUNYO TIKLANISHIGA QO?SHGAN ULKAN HISSASI UCHUN” XALQARO MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI

04.01.2020 10:15

ANKARA, 4 yanvar. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va san’atkorlari jamg‘armasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV) tomonidan ta’sis etilgan “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

 

 

Bu haqda TURKSAVning Ankarada o‘tkazilgan maxsus matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

 

 

 

Mukofot sohibining ismi-sharifi TURKSAV hay’ati kollegial qo‘mitasi tomonidan Turkiya va xorijiy davlatlarning taniqli siyosatchilari, iqtisodchilari, fan va san’at namoyondalarining 2019 yildagi faoliyatini o‘rganish natijalari asosida e’lon qilindi.

 

 

 

TURKSAV mukofotini topshirish marosimi 2020 yil may oyida Ankarada Turkiya parlamenti, hukumati, keng jamoatchiligi, ishbilarmon doiralari va san’at arboblari ishtirokida tantanali tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

 

Har yili bir marta beriladigan ushbu xalqaro mukofot hay’atining qarori O‘zbekiston rahbarining "mamlakatning tashqi dunyo, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarini izchil mustahkamlashdagi beqiyos xizmatlari va amaliy hissasi, shuningdek, Turkiy kengashdagi hamkorlikni sezilarli darajada jonlantirgani, ushbu tashkilot doirasidagi yangi tashabbuslar, shu jumladan 2020 yilda Xiva shahrini “turk dunyosining madaniy poytaxti" deb e’lon qilish bo‘yicha tashabbusi" uchun bir ovozdan qabul qilingani ma’lum qilindi.

 

 

 

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. Mamlakat rahbarining izchil islohotlarni o‘tkazishdagi keng ko‘lamli faoliyati, samarali ishlari, Turkiy dunyoning muhim davlati bo‘lgan O‘zbekistonning jadal taraqqiyotini ta’minlayotgan strategik kurs, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning yanada rivojlanishi uchun qulay ichki va tashqi sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlandi.

 

 

 

TURKSAV rahbari Yahyo Engin yig‘ilganlar nomidan O‘zbekiston rahbariga "uning O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, Turkiya va umuman Turkiy dunyo oldidagi beqiyos va tarixiy xizmatlarining kamtarona, biroq samimiy e’tirofi munosabati bilan chuqur hurmat va samimiy tabriklar" yo‘lladi.

 

"Turkiy dunyo rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun" va "Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun" xalqaro mukofotlari Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va san’atkorlari jamg‘armasi tashabbusi bilan ta’sis etilgan.

 

 

 

 

 

 

TURKSAV 1996 yil Turkiyaning bir guruh ziyolilari tashabbusi bilan tashkil etilgan jamoatchilik asosidagi nodavlat tashkilotdir. Zamonamizning taniqli yozuvchisi Chingiz Aytmatov TURKSAVning faxriy raisi etib saylangan edi. Bugungi kunda TURKSAV boshqaruv kengashiga turk shoiri Yahyo Engin raislik qilmoqda.

 

 

 

TURKSAV xalqaro mukofotining asosiy maqsadi turkiy dunyoning atoqli arboblari faoliyati natijalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, ularning turkiy tilli hududni mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasiga hurmat bildirish va ehtirom keltirishga qaratilgan.

 

 

 

 

 

 

Mukofotga turli yillarda Turkiya Prezidenti S.Demirel, Ozarbayjon Prezidenti H.Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyev, TURKSOY bosh kotibi D.Kaseinov va boshqalar sazovor bo‘lgan. Ular orasida turkiy dunyo mamlakatlarining faol parlamentariylari, tadbirkorlari va san’atkorlari ham bor.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net