O?zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi G?afur G?ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog?ida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

27.05.2023 17:11

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bu maskan 2019 yilda xorijiy kompaniyaga ijaraga berilgan edi. O‘tgan vaqtda 12 million dollarlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, sharoitlar yaxshilandi. 43 ta yangi attraksion o‘rnatilib, uch yuzdan ziyod ish o‘rni yaratildi.

Ilgari boqqa kuniga 30 ming atrofida mehmon kelgan bo‘lsa, rekonstruksiyadan so‘ng o‘rtacha 60 ming kishi tashrif buyurmoqda.

Davlatimiz rahbari bog‘ bo‘ylab yurib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bolajonlarga mehr ko‘rsatib, ezgu tilaklar bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net