O?zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSH Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi

17.02.2023 10:23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Hurmatli Prezident janoblari!

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ko‘rsatayotgan yetakchiligingiz va shaxsiy intilishingiz uchun, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish borasidagi saʼy-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlash AQSH uchun ustuvor ahamiyatga ega.

AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023 yilda ham yana-da ilgari surishimizga umid bildiraman.

Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman.

Bu saʼy-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni taʼminlashga katta hissa qo‘shmoqda.

Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy prinsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi.

Ishonchim komilki, ushbu qadriyatlarga mushtarak sodiqligimiz o‘zaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yana-da mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Hurmat bilan,

Jo Bayden

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net