O?zbekiston Prezidenti raisligida o?tgan yig?ilishda yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi ko?rib chiqildi

15.02.2023 10:10

TOSHKENT, 15 fevral. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati manzilli va keng qamrovli. Xususan, o‘tgan yili 9 ming 406 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini joyida hal etish imkoniyati yaratildi. Natijada yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30 kundan 5 kunga qisqardi. Ayni paytda yetakchilarning tavsiyasi asosida yigit-qizlarga 25 ta yordam turlari ko‘rsatilmoqda.

Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini taʼminlash maqsadida 14-30 yoshdagi 9 million nafar yoshlarning balansi shakllantirildi. Bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazib kelinmoqda.

Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni davom ettirib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi taʼkidlandi. 

Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan taʼminlashga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini bildirdi.

Yoshlarni eʼtibor va g‘amxo‘rlik bilan to‘la qamrab olish maqsadida ular “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali davlat idoralariga biriktirilishi belgilandi.

Yoshlarga ajratilayotgan mablag‘larning shakllanishi va moliyalashtirish jarayonlarini raqamlashtirib, maqsadli yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Yoshlarimiz sanʼat, adabiyot, sport sohalarida ham intiluvchan. Ularga bunday imkoniyatlarni yaqinlashtirish maqsadida hududlarda “Madaniyat karvoni” tadbirlari, festivallar, intellektual va sport musobaqalari o‘tkaziladi. Yoshlar saylgohlari, kreativ parklar tashkil etiladi.

Yoshlarni yot g‘oyalar xurujidan ishonchli himoya qilish uchun muqobil axborot resurslari yaratib, boyitib borish muhimligi aytildi.

Yig‘ilishda mutasaddilar joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net