O?ZBEKISTON PREZIDENTI QOZOG?ISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

06.07.2019 15:43

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda qardosh Qozog‘iston xalqi farovonligi yo‘lidagi tinimsiz faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Nursulton Abishevich Nazarboyevning Qozog‘iston davlatchiligini barpo etishda, mamlakat tarixining eng murakkab davrida uning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdagi muhim roli qayd etildi.

Elboshi rahbarligida Qozog‘istonda tinchlik va totuvlik ta’minlangani, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda katta yutuqlarga erishilgani, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi salmoqli darajada yuksalgani alohida ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Oliy darajada erishilgan, avvalo savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga muhim e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net