O?zbekiston Prezidenti qarori bilan aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibi belgilandi

23.11.2022 10:42

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining «Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu hujjat bilan O‘zbekistn Bosh vaziri raisligidagi Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tarkibi tasdiqlanmoqda.

Qarorga muvofiq, shuningdek, Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Nizomga ko‘ra:

-Toshqinga qarshi huqumat komissiyasining topshiriqlari barcha jismoniy hamda huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar barcha yuridik shaxslar uchun majburiy; 

-Toshqinga qarshi hududiy komissiyalarga Qoraqalpog‘iston Respublika Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qiladi.

Hujjatga binoan, “O‘zgidromet” hamda Davlat geologiya qo‘mitasi respublika hududlarida xavfli hodisalar jarayonlarning monitoringini olib boradi, yig‘ilgan qor hajmlarini, sel va ko‘chki xavfi mavjud uchastkalarni aniqlaydi, ko‘llar holatini aerovizual o‘rganishlarni amalga oshiradi, har yili yozgi mehnat va maktab taʼtillari boshlanishidan oldin bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, sanatoriylar, sayyohlik bazalari joylashgan hududlarning gidrologik va muhandislik-geologik holatini o‘rganib chiqadi.

 Nizom bilan aholi va hududlarni toshqin va boshqa favqulodda xodisalardan himoya qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:

-O‘zgidromet hamda Davlat geologiya qo‘mitasi har yili 20 fevralga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga va hududiy komissiyalarga xavfli hodisalar va jarayonlar faollashishi mumkin bo‘lgan hududlar, ushbu hududlarda joylashgan aholi punktlari va obyektlar, aholisi vaqtincha ko‘chirilishi yoki xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga doimiy ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni taqdim etadi;

-Ishchi organ 1 martga qadar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan tegishli yil uchun aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi 5 martga qadar tegishli yilda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlaydi.

Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar 10 martga qadar tegishli yil uchun chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qarorda Komissiya 10 martga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi yig‘ilishining bayonidagi topshiriqlar ijrosini joylarda tashkil etish maqsadida tegishli hudud uchun zarur chora-tadbirlarni belgilab olishi qayd etilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net