O?zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirishning ahamiyatini qayd etdi

24.01.2023 10:13

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan Ozarbayjon  tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Ozarbayjon tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zaro savdoning oshib borayotgani, avtomobillar ishlab chiqarish, paxta-to‘qimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil etish borasidagi kooperatsiya loyihalarining borishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, neft-gaz va kimyo sanoati bo‘yicha yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Qo‘shma investitsiya fondi tashkil etilmoqda.

Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net