O?zbekiston Prezidenti korporativ boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish bo?yicha qonunni imzoladi

23.01.2023 09:51

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti «Korporativ boshqaruv tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 31 mayda qabul qilingan va Palamentning yuqori palatasida  2022 yil 19 noyabr kuni maʼqullangan

Endilikda kuzatuv kengashining mustaqil aʼzoligiga nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun tanlov asosida ko‘rsatiladi.

 Maʼlumot uchun: aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyatning, shuningdek, davlat ulushi 50%dan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil aʼzo kiritilishi kerak. 

 AJ kuzatuv kengashining  mustaqil aʼzosi sifatida saylanishni istisno qiluvchi holatlar kengaytirilmoqda. Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi bo‘lishi mumkin emas:

-so‘ngi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;

-ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;

- jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxs.

 Ilgari jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi jamiyatning aksiyadori bo‘lishiga taʼqiq bo‘lgan bo‘lsa, endilikda mustaqil aʼzo jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining 5 % dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda egalik qilishi mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil aʼzosini belgilangan talablarga muvofiqligi o‘zgarganda, u jamiyatni va kuzatuv kengashini bu haqda ikki ish kuni ichida xabardor qiladi. Bu holda boshqa nomzod taklif etiladi.

 Shuningdek, kuzatuv kengashida kamida bir nafar mustaqil aʼzosi bo‘lishi lozimligi haqidagi talab  davlat ulushi 50% dan ortiq bo‘lgan MCHJlarga xam o‘rnatilmoqda.

AJ va MCHJ ijro etuvchi organlari javobgarligi aniqlashtirilmoqda: agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa va bunda  jamiyat direktorining yoki ishonchli boshqaruv aʼzolarining yoxud ishonchli boshqaruvchining (MCHJda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organning) aybi isbotlansa, jamiyatning qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.

 Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 20.04.2023 yildan kuchga kiradi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net