O?ZBEKISTON PREZIDENTI: KEYINGI BESH YILDA YALPI ICHKI MAHSULOT HAJMINI 100 MILLIARD DOLLARGA YETKAZISHIMIZ KERAK

21.01.2020 14:00

TOShKENT, 21 yanvar. /“Dunyo” AA/. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qilmoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari o‘z chiqishida energetika, geologiya va transport sohasini rivojlantirishni mamlakatimiz oldida turgan muhim vazifa, deya qayd etdi.

Ta'kidlanganidek, ushbu sohalarda vaziyatni yaxshilash uchun korrupsiyaga barham berish va malakali kadrlar yetishmovchiligi masalasini hal etish kerak. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi 44 milliard dollardan 58 milliard dollarga oshgani qayd etildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ushbu raqamni 100 milliard dollargacha oshirish zarurligini bildirdi.

Shu munosabat bilan, yangi hukumatning bo‘lg‘usi a'zolarini ular oldida turgan muhim vazifalarga katta mas'uliyat bilan yondashishga chaqirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net