O?zbekiston Prezidenti Izmir shartnomasini ratifikatsiya qilish to?risidagi qonunni imzoladi

09.12.2022 13:05

TOSHKENT, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti «Izmir Shartnomasini (Izmir,1996 yil 14 sentyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qonun mamlakatimiz parlamentining quyi palatasi tomonidan joriy yil 8 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 18 noyabrda maʼqullangan.

“Norma.uz” partoli maʼlumotiga ko‘ra, Izmir Shartnomasi 1996 yil 14 sentyabrda Afg‘oniston, Ozarbayjon, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, O‘zbekiston  tomonidan imzolangan va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) taʼsis hujjati hisoblanadi.

Shartnomada Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining tashkiliy tuzilmasi, uning maqsadlari va faoliyat tamoyillari, shuningdek moliyaviy masalalar va tashkilotda qarorlarni qabul qilish tartibi belgilangan.

O‘zbekiston tomonidan Izmir Shartnomasining ratifikatsiya qilinishi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga to‘laqonli aʼzo bo‘lish uchun huquqiy asos yaratadi, shuningdek, tashkilotga aʼzo davlatlar bilan keng hamkorlik qilish imkonini beradi.

O‘zbekistonning tashkilotda to‘laqonli ishtirok etishi xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, transport-logistika yo‘laklarini, shu jumladan, tranzit yuklarni tashish uchun tariflarni bir xillashtirish yo‘li bilan kengaytirish, shuningdek, mamlakat hududlarining sayyohlik jozibadorligini oshirish imkonini beradi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net