O?zbekiston Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tashkil etildi

31.12.2022 11:33

/“Dunyo” AA/. Davlatimiz rahbarining  «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu hujjat bilan Prezidentga hisobdor bo‘lgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tashkil etildi.

Institut Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek,  qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholashdan o‘tkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazish yuklatiladi:

- maʼmuriy islohotlar o‘tkazish sharoitida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning huquqiy muammolarini o‘rganish;

- konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);

- normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish taʼsirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali «aqlli tartibga solish» loyihasini joriy etish;

-korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini o‘rganish.

Hujjatga ko‘ra, Institut tomonidan o‘tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net