O?zbekiston Prezidenti: Diniy taʼlimni amaliyot bilan bog?lash, ilmiy markazlarimizni dunyoda yetakchilarga aylantirish kerak

17.02.2023 10:19

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi va Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Qurʼon tilovat qilindi. Alloh taolodan o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi.

- Hamma joylarga borib, sohalarga turtki berib, muammolarni hal etib, xalqni rozi qilishga harakat qilayapmiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bugun Buxoroga ham yangi marralarni belgilash, odamlarning birini ikki qilish uchun keldik. Hamma xayrli ishlarimizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin.

Olimlar bilan suhbatda diniy taʼlimni rivojlantirish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish zarurligi taʼkidlandi.

- Oxirgi yillarda hamma sohalar qatori din bo‘yicha ham ochiqlik, erkinlik berildi, bir nechta ilmiy markazlar tashkil etdik. Lekin bulardan xalqimizga nima manfaat bo‘layapti? Manfaat shunday bo‘lishi kerakki, bu salohiyatni jamiyatga yetkazish kerak. Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk bobolarimiz merosiga tayangan holda jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish zarur. Buning uchun diniy taʼlimni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy markazlarimizni dunyoda yetakchilarga aylantirish kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net