O?zbekiston Prezidenti: Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham erkinlik epkini kirib keldi

18.02.2023 10:28

/“Dunyo” AA/. Davlatimiz rahbari Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining maʼlumotiga ko‘ra, bu madrasa 500 yillik tarixga ega. Undan ko‘plab olimlar, imomlar, muftiylar yetishib chiqqan. Lekin o‘tgan asrda uning maqomi o‘rta maxsus bilim yurti darajasiga tushib qolgan edi. Binosi ham zax tortgan, kitoblar yetishmasdi.

Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda bu yerga kelib, ahvolni ko‘rgan, madrasaning tarixiy mavqeini tiklashni maqsad qilgan edi. Buning uchun Ark yaqinida yangi bino barpo etildi va yaqinda foydalanishga topshirildi.

Oliy madrasa 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda Qurʼoni karim, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlari, xorijiy tillar puxta o‘rgatiladi. Bugungi kunda jami 107 nafar talaba taʼlim olmoqda.

O‘quv xonalari, kutubxona, faollar zali, talabalar yotoqxonasi va xizmat uyi, sportzal va basseynda barcha qulayliklar yaratilgan.

Davlatimiz rahbari madrasa talabalari bilan suhbatlashdi.

- Bunday uzoq tarixga ega taʼlim dargohlari juda kam, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bugun uning sharoitini yaxshilab, tarixiy adolatni tiklaganimiz xayrli ish bo‘ldi, deb o‘ylayman. Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham erkinlik epkini kirib keldi. Shu bilan birga, axborot makoni ham ochiq. Internetda ilmiy asosi bo‘lmagan turli talqinlar ham bor. Lekin ularni tajribasiz yoshlar qayerdan biladi? Buni sizga o‘xshagan ilmli kishilar, imom-xatiblarimiz isbotlab, to‘g‘ri tushuntirib berishi kerak.

Diniy taʼlim soatlari va sifatini isloh qilish, uni amaliyot bilan bog‘lash bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Shu bilan Prezidentning Buxoro viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net