O?zbekiston Prezidenti 20-21-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo?ladi

20.10.2022 16:27

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20-21-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Asosiy eʼtibor O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichda yana-da mustahkamlash, sanoat, energetika va kimyo tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida kooperatsiyani kengaytirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga qaratiladi.

Sammit yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tashrif davomida Ashxobod shahrida “Toshkent” bog‘ini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish bo‘yicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net