O?zbekiston Prezidenti 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Misrda bo?ladi

19.02.2023 10:29

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Misr munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net